Kirish Ro'yxatdan o'tish

Opta «Inter»ni A Seriya chempionligi uchun asosiy favorit deb atadi

Opta «Inter»ni A Seriya chempionligi uchun asosiy favorit deb atadi

Baho:
+ | -

Opta statistiklarining hisob-kitobiga ko‘ra, Milanning «Inter» klubi A Seriya chempionligi uchun asosiy favorit hisoblanadi. «Neradzurrilar»ning chempion bo‘lish ehtimoli 34,9 foizga baholangan.

Bu ko‘rsatkich Fransiyada «PSJ»ga berilgan imkoniyatdek yuqori emas. Shunga qaramay, «Inter»ning natijasi eng yaqin ta’qibchisinikidan qariyb uch baravar ko‘p. Ikkinchi o‘rinda chempionlik ehtimoli 13,1 foizga baholangan «Roma» turibdi.

Qizig‘i, «Komo»ning imkoniyati «Yuventus»nikidan yuqori baholandi — 12,6 foizga qarshi 12 foiz.

«Napoli» va «Milan»ning chempionlik ehtimoli mos ravishda 8,1 hamda 5,6 foizni tashkil etdi. «Rossonerilar»ning ko‘rsatkichi hatto 6,1 foiz imkoniyat berilgan «Atalanta»nikidan ham past.

Opta hisob-kitobiga ko‘ra, chempionatdagi 17 ta jamoada matematik jihatdan chempion bo‘lish imkoniyati mavjud. Faqat «Lechche», «Frozinone» va «Monsa»ning ehtimoli nolga teng deb baholangan.

Kiritildi: 08:39, 23.08.2026.
O'qildi: 812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик