«Jirona» rahbariyati ukrainalik yarim himoyachi Viktor Sigankovni Amsterdamning «Ayaks» klubiga sotishga rozi bo‘ldi. Bu haqda insayder Nil Sola xabar tarqatdi.
Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, niderland klubi 28 yoshli xavbekning transferi uchun 4 million yevro to‘laydi. Yana 1 million yevro esa bonus sifatida ko‘zda tutilgan. Viktor bitimni rasmiylashtirish uchun yaqin vaqt ichida Amsterdamga yo‘l oladi.
Eslatib o‘tamiz, Sigankov ispan La Ligasining o‘tgan mavsumida «Jirona» safida 32 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan edi. U ispan klubida 2023 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelayotgandi.













