«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska yarim himoyachi Jek Grilishning jamoadagi kelajagi borasida to‘xtalib, transfer oynasi yopilishiga oz vaqt qolganini ta’kidladi.
«Jek Grilishga kelsak, mening vazifam uni mashq qildirish va undan maksimal darajada foydalanishga harakat qilishdir. Transfer oynasi yopilishiga yana bir hafta qoldi va biz nafaqat Jek, balki boshqa o‘yinchilar bilan ham nima bo‘lishini ko‘ramiz», — dedi Mareska Sky Sports nashriga.
Matbuotda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ingliz futbolchisiga «Everton» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.













