Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro

Tchuameni «Real»ning umumiy mashg‘ulotlariga qaytdi

Tchuameni «Real»ning umumiy mashg‘ulotlariga qaytdi

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. Fransiyalik futbolchi madridliklarning navbatdagi mashg‘ulotini umumiy guruh tarkibida o‘tkazdi.

Tchuameni mushaklaridagi muammo sabab «Espanyol»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi. Agar tiklanish jarayonida ortga ketish kuzatilmasa, u 26 avgust kuni «Real Sosyedad»ga qarshi bahs qaydnomasiga kiritilishi mumkin.

Rodrigo, Eder Militao, Ferlan Mendi, Raul Asensio, Endrik va Tyago Pitarch esa umumiy guruh bilan shug‘ullanmadi. Ular maxsus dastur asosida tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Rodrigo, Militao va Mendining safga qaytish muddati hozircha aniq emas. Endrikning yaqin vaqt ichida mashg‘ulotlarga to‘liq qo‘shilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:28, 24.08.2026.
O'qildi: 625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик