«Palmeyras» yarim himoyachisi Allan faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «shaharliklar» Braziliya klubi bilan 22 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. «Manchester Siti» Allan uchun bonuslardan tashqari 40 million yevro to‘laydi.
Allan «Palmeyras» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.













