Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

«Liverpul» Gakponi sotishga tayyor, ammo bitta shart bor

«Liverpul» Gakponi sotishga tayyor, ammo bitta shart bor

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Kodi Gakpo yozgi transfer oynasida jamoasini almashtirishi mumkin.

Insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, mersisaydliklar niderlandiyalik futbolchini faqat yaqin 8 kun ichida ikki nafar yangi vinger bilan shartnoma imzolay olsagina qo‘yib yuborishga tayyor.

«Tottenxem» hali iyul oyidayoq 27 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida og‘zaki kelishuvga erishgan. Ayni paytda Gakpo uchun kurashga «Manchester Siti» ham qo‘shilgan va futbolchining vakillari bilan muzokara olib bormoqda.

Gakpo o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 52 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U yangi mavsumni ham gol bilan boshlab, «Nyukasl»ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

«Liverpul»ning hujum chizig‘ini kuchaytirishdagi asosiy maqsadlaridan biri hamon «PSJ» vingeri Bredli Barkola bo‘lib turibdi. Shuningdek, klub boshqa qanot hujumchilari bo‘yicha ham ish olib bormoqda. 

Kiritildi: 04:59, 25.08.2026.
O'qildi: 920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик