Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gasperini: «Malen va Dibala — jahon darajasidagi o‘yinchilar»

Gasperini: «Malen va Dibala — jahon darajasidagi o‘yinchilar»

Baho:
+ | -

«Roma» bosh murabbiyi Janpyero Gasperini Italiya chempionati 1-turi doirasida o‘z maydonida «Fiorentina» ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan (4:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Doniell Malen va Paulo Dibala — jahon darajasidagi o‘yinchilar. Dibala doim shunday bo‘lgan, shunchaki unda jarohatlar juda ko‘p edi. Bu yigit — haqiqiy mahorat sohibi, uning nozik mushaklari haqidagi barcha gap-so‘zlarga qaramay. U qo‘shimcha vaqtda ham bemalol o‘ynay olardi. O‘tgan yili unga omad kulib boqmagan edi — u jarima va penalti tepganida jarohat olgandi.

Malen esa favqulodda futbolchi, lekin bu tasodif emas. U o‘zini qadrlashlarini va kuchli ekanini his qilyapti, maydonda yetakchi va hali yana o‘sa oladi. U ko‘rsatayotgan o‘yin hayratlanarli — aftidan, u o‘ziga mos muhitni topgan.

O‘yinga berilgan bahoga qo‘shilaman. Men «masshtab» haqida gapirganda, raqiblarni juda yaxshi bilish kerak. Boshqa jamoalar qanday darajada o‘ynayotganini tushunib yetganimizda, bizda aniqroq tasavvur paydo bo‘ladi. Bizga kelsak — men juda mamnunman: bu favqulodda jamoa. Biz bir yil oldin poydevor yaratgan edik va sifat qo‘shdik. Hozir jamoa jipslashgan, yangi kelganlar ham moslashib bormoqda, bu juda muhim.

A Seriyada toza o‘yin vaqti ko‘paydimi? Juda ham ajoyib va fantastika. Menga juda yoqadi. Bundan muxlislar yutishmoqda: ilgari ular darvozabon to‘pga hammadan ko‘proq tegadigan o‘ta zerikarli o‘yinlarni tomosha qilishar edi. Bu ajoyib qoidalar — endi hech kim maydonda vaqt cho‘zib yotmayapti», — dedi murabbiy matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, «Fiorentina»ga qarshi o‘yinda hujumchi Doniell Malen xet-trik qayd etgandi, uning har uchala goliga Paulo Dibala assistentlik qilgan.

Kiritildi: 07:17, 25.08.2026.
O'qildi: 633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик