Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

Alvesh Portugaliya futbol federasiyasida ish boshladi

Alvesh Portugaliya futbol federasiyasida ish boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Portugaliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Brunu Alvesh mamlakat futbol federasiyasida ish boshladi. Bu haqda Portugaliya futbol federasiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, u milliy terma jamoalar tuzilmasida faoliyat olib boradi va Portugaliya termasi bosh murabbiyi Jorje Jezush, shuningdek, terma jamoalar uchun mas’ul ijrochi direktor Lourensu Koelyu bilan yaqin hamkorlik qiladi. Federasiya Brunu Alveshning aniq lavozimi nomini ma’lum qilmagan.

44 yoshli sobiq futbolchi bunga qadar «Riu Ave» klubida texnik direktor lavozimida ishlab kelayotgandi.

Brunu Alvesh Portugaliya terma jamoasi safida 96 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urgan. U milliy jamoa bilan 2016 yilda Yevropa chempioni bo‘lgan.

Kiritildi: 07:42, 25.08.2026.
O'qildi: 852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик