Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachi Matvey Kislyakni Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasiga sotmaslikka qaror qildi. Bu haqda insayder Ivan Karpov o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, SSKA «Beshiktosh»dan rasmiy taklif olmagan. Biroq turk klubi vositachi orqali rossiyaliklar bilan bog‘lanib, Kislyak uchun 30 million yevrogacha to‘lashga tayyorligini bildirgan.
Qayd etilishicha, taklifning kafolatlangan qismi atigi 5 million yevroni tashkil etgan, qolgan mablag‘ esa turli bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi ko‘zda tutilgan.
SSKA bu taklifni darhol rad etgan. Moskva klubi Kislyak bo‘yicha, taklif qilinadigan mablag‘ miqdoridan qat’i nazar, hech qanday muzokara olib borish niyatida emas.
21 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda Rossiya Premyer-ligasi va Rossiya kubogi doirasida jami 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













