Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Fernandesh «Manchester Yunayted»ning Baleba transferiga baho berdi

Fernandesh «Manchester Yunayted»ning Baleba transferiga baho berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh «Brayton»dan transfer qilingan yarim himoyachi Karlos Baleba haqida fikr bildirdi.

Seshanba kuni «qizil iblislar» 22 yoshli futbolchining transferini rasman e’lon qildi. Kelishuv qiymati qariyb 76 million yevro deb baholanmoqda.

«Muxlislarimiz Balebani yaxshi ko‘rib qolishiga ishonaman. U juda energiyaga boy, jismonan kuchli va to‘pni oldinga olib chiqishni biladi. Yosh va istiqbolli futbolchi. Klub uni ikki yil davomida kuzatgan», — deya Fernandeshning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Karlos Baleba «Manchester Yunayted» bilan 2031 yilga qadar shartnoma imzolagan. Bitimda uni yana bir yilga avtomatik uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 05:27, 26.08.2026.
O'qildi: 1032 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик