Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

"Milan" 194 santimetr bo‘yli serbiyalik golkiperni transfer qildi

"Milan" 194 santimetr bo‘yli serbiyalik golkiperni transfer qildi

Baho:
+ | -

Serbiyalik darvozabon Iliya Pantelin "Milan" safiga qo‘shildi. Hozircha u klubning yoshlar va zaxira jamoasi vazifasini bajaradigan "Milan Futuro" tarkibida to‘p suradi.

Pantelin Serbiyaning "Bachka Topola" klubidan transfer qilindi. Bo‘yi 194 santimetr bo‘lgan golkiper Serbiya yoshlar terma jamoasiga ham muntazam chaqiruv olib turadi.

""Milan" Iliya Pantelin bilan shartnoma imzolanganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi. U yosh iste’dodlarning o‘sishi va rivojlanishiga qaratilgan "Milan Futuro" loyihasining bir qismiga aylanadi", — deya klub matbuot xizmati xabarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" A Seriyaning yangi mavsumini "Torino" ustidan g‘alaba bilan boshladi.

Kiritildi: 08:39, 26.08.2026.
O'qildi: 937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик