"Vilyarreal" rasmiy sayti orqali "Anderlext" yarim himoyachisi, Kanada terma jamoasi a’zosi Natan Saliba transferini e’lon qildi.
22 yoshli futbolchi Ispaniya klubi bilan 2031 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Saliba "Vilyarreal" tarkibidagi uchinchi kanadalik futbolchiga aylandi. Jamoada undan tashqari Teyjon Byukenen va Tani Oluvaseyi ham to‘p surmoqda.
Shu tariqa, "Vilyarreal" Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida tarkibida bir vaqtning o‘zida uch nafar kanadalik futbolchi bo‘lgan tarixdagi birinchi klubga aylandi.
2025/26 mavsumida Saliba barcha musobaqalar doirasida 45 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 10 million yevro deb baholamoqda.













