Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" Skott uchun to‘rtinchi taklif bilan chiqmoqchi

"Chelsi" Skott uchun to‘rtinchi taklif bilan chiqmoqchi

Baho:
+ | -

Londonning "Chelsi" klubi "Bornmut" yarim himoyachisi Aleks Skottni o‘z safiga qo‘shib olish harakatlarini davom ettirmoqda. Bu haqda The Independent xabar berdi.

Avvalroq "Bornmut" 23 yoshli angliyalik futbolchi uchun "Chelsi"ning uchta taklifini rad etgani ma’lum qilingan edi.

Manbaga ko‘ra, "ko‘klar" yaqin vaqt ichida yangi taklif yubormoqchi. Hozircha "Bornmut" Skott bo‘yicha barcha murojaatlarni rad etmoqda, ammo 93 million yevrodan yuqori taklif vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.

Agar summa 105 million yevro atrofiga yetsa, transfer amalga oshishi ehtimoli yanada oshishi aytilmoqda.

Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi 1-turida Skott "Manchester Siti"ga qarshi bahsda 90 daqiqa maydonda harakat qildi. "Bornmut" 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, futbolchi esa golli harakat qayd etmadi.

Kiritildi: 11:40, 26.08.2026.
O'qildi: 1370 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик