Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" Perinning transferidan qancha ishlab oladi?

"Yuventus" Perinning transferidan qancha ishlab oladi?

Baho:
+ | -

"Yuventus" darvozaboni Mattia Perin faoliyatini Italiyaning boshqa klubi — "Palermo"da davom ettiradi. Tomonlar transferning asosiy shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Insayder Janluka Di Marsio ma’lumotiga ko‘ra, Sisiliya klubi yaqin vaqt ichida tajribali golkiper bilan shartnoma imzolaydi.

Transfer qiymati taxminan 500 ming yevroni tashkil etadi. 33 yoshli Perinning "Palermo" bilan shartnomasi uch yilga mo‘ljallanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mattia Perin "Yuventus" safiga 2018 yilda qo‘shilgan edi.

"Palermo" joriy mavsumda Italiya B Seriyasida ishtirok etmoqda. Jamoa chempionatning dastlabki turida o‘z maydonida "Yuve Stabiya"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Kiritildi: 11:53, 26.08.2026.
O'qildi: 730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик