Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

Sarr "Liverpul" bilan shaxsiy shartlarni kelishib oldi

Sarr "Liverpul" bilan shaxsiy shartlarni kelishib oldi

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" qanot hujumchisi Ismaila Sarr "Liverpul" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda indykaila News xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar bilan kelishuvga erishgan senegallik futbolchi endi "Kristal Pelas" rahbariyatini "Liverpul" taklifini qabul qilishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.

28 yoshli vinger faoliyatini "qizillar" safida davom ettirishga qat’iy qaror qilgan.

Ismaila Sarr "Kristal Pelas" safida 2024 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 92 ta uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Joriy mavsumda Sarr hali maydonga tushmagan. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 17:32, 26.08.2026.
O'qildi: 1014 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик