Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

15 yoshli hindistonlik shaxmatchi Magnus Karlsenni mag‘lub etdi

15 yoshli hindistonlik shaxmatchi Magnus Karlsenni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Dehlilik 15 yoshli shaxmatchi Vandan Alankar Savay onlayn blis-turnirda Jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenni mag‘lub etdi. Biroq u faoliyatidagi eng yirik g‘alabalardan birini o‘ta xotirjamlik bilan qabul qildi va bu haqda ota-onasi yoki murabbiyiga darhol aytmagan.

Times of India nashrining xabar berishicha, FIDE reytingida 2288 ochkoga ega bo‘lgan Vandan 18-avgust kuni Chess.com saytida o‘tkazilgan Titled Tuyesday turnirida reytingi 2823 ga teng bo‘lgan Karlsenni 50-yurishda taslim etgan:

“Menda yo‘qotadigan hech narsa yo‘q, aksincha, yutadigan narsam ko‘p edi. Men o‘zim uchun qulay o‘yin ko‘rsatishga qaror qildim va oq donalarda odatiy 'e4' yurishi bilan bahsni boshladim”, deydi Vandan.

Shaxmatchining oilasi bu g‘alabadan keyinroq xabar topdi. Otasi Alankar Savay tasodifan Chess.com saytiga kirganida o‘g‘lining natijasini ko‘rib qolgan. Onasining aytishicha, Vandan boshida bu turnirda qatnashishni umuman istamagan ekan:

“Turmush o‘rtog‘im bilan uyda edik, Vandan kelib, turnirda o‘ynaganini aytdi. Otasi qanday natija bo‘lganini so‘raganidangina, u Karlsenga qarshi o‘ynab, g‘alaba qozonganini aytdi. Aslida Vandan musobaqada qatnashishni istamagandi. Biz uni o‘ynashga majbur qilgandik”, deydi onasi.

Yosh shaxmatchining murabbiyi Gurpreet Pal Singx ham shogirdining g‘alabasidan ertasiga xabar topgan. Karlsen bilan to‘qnashuvdan so‘ng Vandan yana ikkita raund o‘ynagan va jami 4 ta o‘yindan iborat ishtirokini 3 g‘alaba hamda 1 mag‘lubiyat bilan yakunlab, charchagani sababli uxlashga yotgan.

Ikkinchi bosqichda Karlsen bilan to‘qnash kelgan Vandan mashhur raqibidan umuman cho‘chimadi va o‘zining odatiy o‘yinini ko‘rsatdi. Besh daqiqalik bahsda hindistonlik yigitcha vaqtdan unumli foydalandi. Vandanning fili Karlsenning shohiga xavf solgan bir vaziyatda, norvegiyalik sportchi xatoga yo‘l qo‘ydi va ustunlikni raqibiga boy berib qo‘ydi.

“U qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yganida, hayratda qoldim”, deydi yosh shaxmatchi.

Vandan bilan yetti yildan beri ishlab kelayotgan murabbiy Singx uni doska ortida agressiv, ammo hayotda juda bosiq va kamgap yigit sifatida ta’riflaydi. Shaxmatga qiziqish Vandanda oilasidan o‘tgan — onasi yoshligida akasi bilan shaxmat o‘ynaganini aytib, farzandiga ham bu o‘yinni o‘rgatgan. Keyinchalik iqtidori sezilgach, uni murabbiy Singxga olib kelishgan.

Kiritildi: 15:11, 27.08.2026.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик