Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bolonya» Adopo transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda

«Bolonya» Adopo transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda

Baho:
+ | -

«Bolonya» «Kalyari» markaziy yarim himoyachisi Mishel Adopo transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli fransuz futbolchisi «Bolonya» bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi mumkin. Kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Hozircha ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

«Torino» va «Atalanta»ning sobiq futbolchisi Adopo 2024 yil yozidan buyon «Kalyari» safida to‘p surmoqda. O‘shanda Bergamo klubi uni dastlab ijaraga bergan, keyin esa 3,8 million yevroga Sardiniya jamoasiga sotgan.

Mishel Adoponing «Kalyari» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

U «Kalyari» safida 81 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 13:39, 28.08.2026.
O'qildi: 814 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик