«Manchester Siti» rahbariyati joriy yozgi transfer oynasida «Liverpul» bilan niderlandiyalik hujumchi Kodi Gakponing transferi borasida kelishuvga erishishga umid qilmoqda.
Insayder va jurnalist Janluka Di Marsioning ma’lum qilishicha, 27 yoshli niderlandiyalik futbolchi avgust oyi oxiriga qadar jamoasini o‘zgartirib, Manchester klubiga o‘tishi mumkin. «Shaharliklar» Savio va Omar Marmush «Tottenxem»ga ketganidan keyin hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
Mutaxassislar Niderlandiya terma jamoasi futbolchisining transfer qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.
«Liverpul»ga qadar Gakpo «PSV» safida o‘ynagan. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Kodi Gakpo Angliya chempionatida «Liverpul» tarkibida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.













