Kirish Ro'yxatdan o'tish

Andre Luis «Korintians»dan APLga yo‘l olishi mumkin

Andre Luis «Korintians»dan APLga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» «Korintians» yarim himoyachisi Andre Luisni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Klublar o‘rtasida muzokaralar allaqachon boshlangan. Tomonlar bo‘lajak bitimning moliyaviy tuzilmasi va transfer shartlarini muhokama qilmoqda.

Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining bozor qiymatini 16 million yevroga baholamoqda.

20 yoshli yarim himoyachi 2025 yildan buyon «Korintians» safida to‘p surmoqda. Shu vaqt ichida u 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Andre Luisning Braziliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil dekabr oyiga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:38, 28.08.2026.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик