Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Leau Turkiyada qancha ishlab olishi ma’lum bo‘ldi

Leau Turkiyada qancha ishlab olishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Rafael Leau «Galatasaray»da «Aston Villa» taklif qilganidan ko‘proq maosh oladi.

Insayder Janluka Di Marsio ma’lumotiga ko‘ra, Birmingem klubi «Milan» vingeriga yiliga 7,5 million yevro taklif qilgan, ammo bu summa futbolchini qoniqtirmagan va u Istanbul klubini tanlagan.

Turkiyada Leau yiliga 10 million yevro va qo‘shimcha bonuslar oladi. Jurnalist Yagiz Sabunjuog‘luning ma’lum qilishicha, futbolchining maoshi yanada yuqori — 12 million yevro va bonuslarni tashkil etishi mumkin.

Portugaliyalik futbolchining «Galatasaray» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallanadi.

Di Marsio ma’lumotiga ko‘ra, «Milan» transferdan 43 million yevro oladi va yana 2 million yevro bonuslarga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, agar «Galatasaray» kelajakda Leauni boshqa klubga sotsa, «Milan» ushbu transferdan olinadigan foydaning 20 foizini qo‘lga kiritadi.

Avvalroq esa transfer summasi 45 million yevro va yana 5 million yevro bonuslarni tashkil etishi xabar qilingan edi.

Kiritildi: 21:46, 28.08.2026.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик