Kirish Ro'yxatdan o'tish

Filipe Luis «Monako»da Vengerning 1987 yilgi natijasini takrorladi

Filipe Luis «Monako»da Vengerning 1987 yilgi natijasini takrorladi

Baho:
+ | -

Filipe Luis iyun oyida Fransiyaning «Monako» klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Hozircha uning jamoa boshqaruvidagi faoliyati juda muvaffaqiyatli kechmoqda — monegasklar uning qo‘l ostida o‘tkazgan dastlabki uchta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi.

Avvaliga «Monako» Konferensiyalar ligasi saralash bosqichida Polshaning «Gurnik» klubiga qarshi ikki o‘yin o‘tkazib, har ikkisida ham g‘olib chiqdi. Shundan so‘ng Liga 1ning 1-turida «Gavr»ga qarshi bahsda minimal hisobda g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Filipe Luis 1987 yilda Arsen Vengerdan keyin «Monako» bosh murabbiyi sifatida dastlabki uchta o‘yinining barchasida g‘alaba qozongan birinchi mutaxassis bo‘ldi.

Biroq endi «Monako»ni ancha murakkab uchrashuvlar kutmoqda. Jamoa keyingi bahslarda «Marsel» va «PSJ»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 05:20, 29.08.2026.
O'qildi: 863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик