Hujumchi Alvaro Morata «Komo»dan «Leganes»ga ijara asosida o‘tganidan so‘ng yangi klubi haqida fikr bildirdi.
Ispaniya Segundasi vakili 33 yoshli futbolchining transferini juma kuni rasman e’lon qildi. Kelishuvda uni to‘liq sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.
«Hech qachon «Leganes»da o‘ynayman deb o‘ylamagan edim, ammo bu chiroyli hikoya. Bolaligimda stadionda tomosha qilgan birinchi o‘yinim «Leganes» — «Atletiko» bahsi bo‘lgan.
O‘sha uchrashuvga otam bilan kelgandim va meni futbolchilarga to‘p uzatib turish uchun maydon chetida ishlashga yuborishgan edi», — dedi Morata.
Eslatib o‘tamiz, Morata Ispaniyada avval «Atletiko» va «Real» safida to‘p surgan.
Shanba kuni «Leganes» Ispaniyaning ikkinchi kuchli divizioni doirasida o‘z maydonida «Eldense»ni qabul qiladi.













