"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Toni Fernandes yaqin vaqt ichida A Seriya vakili "Venesiya"ga o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, klublar 18 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. "Barselona" ushbu bitimdan 4 million yevro oladi, shuningdek, futbolchining kelajakdagi transferidan tushadigan mablag‘ning 50 foiziga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, kataloniyaliklar kelishuvga futbolchini qaytarib sotib olish huquqini ham kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, "Barselona" sport direktori Deku aynan shu bandning shartnomada bo‘lishini istagan.
Toni Fernandes "Barselona"ning asosiy jamoasi safida atigi 2 ta uchrashuv o‘tkazgan va samarali harakat qayd etmagan.













