Insayder Fabrisio Romano xabar berishicha, «Jenoa» «Santos»dan 18 yoshli Robinyo kichikni ijaraga olish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.
Tomonlar keyinchalik futbolchini sotib olish opsiyasi bilan ijara shartlarini kelishib olgan.
Robinyo kichik hozirda Italiyada bo‘lib, «Jenoa» tarkibiga qo‘shilishi kutilmoqda.
18 yoshli braziliyalik hujumkor futbolchi pozisiyasida o‘ynaydi. U «Real», «Manchester Siti» va «Milan»ning sobiq futbolchisi Robinyoning o‘g‘li.













