Tailandda velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari davom etmoqda. 28–30 avgust kunlari o‘tkazilayotgan musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ikki oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasidagi Individual Pursuit dasturida Samira Ismoilova barcha raqiblarini ortda qoldirib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Erkaklar o‘rtasidagi Scratch bahsida esa terma jamoamiz yetakchilaridan biri Sergey Rostovsev 150 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning ilk kunini ikki oltin medal bilan yakunladi.
Mazkur natijalar mamlakatimizda velosportni rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish hamda xalqaro maydonda munosib ishtirok eta oladigan sportchilarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy samarasidir.
Tailanddagi Osiyo kubogi bahslari 30 avgustga qadar davom etadi.













