Ispaniya chempionatining 3-turi «Rasing» va «Elche» o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlandi. Santanderliklar bahsda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
«Rasing»ning uchala goliga ham marokashlik Yassir Zabiri mualliflik qildi.
Shu tariqa, Zabiri Ispaniya chempionati tarixida bir o‘yinda uchta gol urgan to‘rtinchi marokashlik futbolchiga aylandi. Bunga qadar Yussef En-Nesiri, Yussef El-Arabi va Munir El-Xamdaui ham La Ligada xet-trik qayd etgan.
Xet-trikni amalga oshirish tezligi bo‘yicha esa Zabiri afrikalik futbolchilar orasida faqat Samyuel Eto’odan ortda qoldi.
Ispaniya chempionatining keyingi turida «Rasing» «Rayo Valyekano»ga qarshi maydonga tushadi.













