Kirish Ro'yxatdan o'tish

Spalletti Kessi nega «Yuventus»ga o‘tmaganiga izoh berdi

Spalletti Kessi nega «Yuventus»ga o‘tmaganiga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti yarim himoyachi Frank Kessi bilan muzokaralar nega muvaffaqiyatsiz yakunlangani haqida fikr bildirdi.

Turinliklar uzoq vaqt davomida Kot-d’Ivuar futbolchisini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar sifatida qaralayotgan edi. Biroq yakunda tomonlar kelishuvga erisha olmadi. Shanba kuni esa 29 yoshli futbolchining avval ham o‘ynagan «Atalanta» klubiga qo‘shilgani rasman e’lon qilindi.

«Men Kessiga barcha yaxshiliklarni tilayman. U - professional. Biz xabar almashib turdik, u hatto mendan uzr so‘radi, chunki bizning jamoaga o‘tishni istagan edi. Ammo men uning vaziyati haqida yetarlicha ma’lumotga egaman va nima sodir bo‘lganini bilaman», — dedi Spalletti A Seriya 2-turida «Parma» ustidan 2:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan keyin.

Frank Kessi erkin agent maqomida edi. U joriy yozda Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubini tark etgan.

Kiritildi: 08:10, 30.08.2026.
O'qildi: 787 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик