Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Baena Xulian Alvaresning holati haqida gapirdi

Baena Xulian Alvaresning holati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Atletiko» qanot hujumchisi Aleks Baena jamoadoshi Xulian Alvares haqida fikr bildirdi.

Argentinalik hujumchi so‘nggi kunlardagi ruhiy holati bilan bog‘liq muammolar sabab La Liganing 3-turida «Sevilya»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yubordi. U hatto so‘nggi mashg‘ulotlarda ham ishtirok etmagan edi.

«Atletiko» esa Baenaning dubli va Ademola Lukmanning goli evaziga «Sevilya»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

— Alvaresning yo‘qligi sezildimi?

— Men bunday demagan bo‘lardim. Biz juda yaxshi o‘ynadik. Nazarimda, bugun barcha o‘zini ajoyib ko‘rsatdi — ham asosiy tarkibda maydonga tushganlar, ham zaxiradan qo‘shilganlar. Ammo Xulianning barcha qiyinchiliklardan keyin yana optimal holatiga qaytib, maydonga tushishini kutyapmiz, — deya Baenaning so‘zlarini keltiradi Atletico Universe.

Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» Alvaresni «Barselona»ga qo‘yib yuborishni istamayapti. «Arsenal» varianti esa futbolchining o‘ziga ma’qul emas.

Kiritildi: 08:12, 30.08.2026.
O'qildi: 1314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик