«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak Angliya Premyer-ligasining 2-turida «Nottingem Forest»ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuv haqida fikr bildirdi. Shvesiyalik forvard mazkur bahsda joriy mavsumdagi ilk golini urdi.
«Bizda jangovar ruh va hech qachon taslim bo‘lmaslik istagi borasida muammo yo‘q. Buni o‘tgan hafta ham ko‘rsatgan edik. Albatta, bu safar ham o‘yinni omadsiz boshladik.
Gol urganimizdan keyin tashabbusni qo‘lga oldik. Menimcha, aynan shu vaziyatda yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi, chunki bugun ham javob golini juda tez o‘tkazib yubordik. Ammo qanday vaziyatga tushib qolganimizni hisobga olsak, hech bo‘lmaganda bir ochko olish hamisha yaxshi.
Birinchi golimni urganimdan juda xursandman va endi gollar muntazam kelishiga umid qilaman», — dedi Isak klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Angliya Premyer-ligasining keyingi turida «Liverpul» 4 sentyabr kuni safarda «Ipsvich Taun»ga qarshi maydonga tushadi.













