Kirish Ro'yxatdan o'tish

Amrabat «Ayaks» bilan kelishuvga erishdi

Amrabat «Ayaks» bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Sofyan Amrabat «Fenerbaxche»ni rasman tark etdi. Tomonlar shartnomani muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

30 yoshli futbolchi erkin agent maqomini oldi va faoliyatini «Ayaks»da davom ettiradi. Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Amsterdam klubi futbolchi bilan tezkor muzokara o‘tkazib, shaxsiy shartlar bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.

Avvalroq Amrabatga «Betis» ham qiziqish bildirgan edi. Marokashlik futbolchi o‘tgan mavsum ushbu klubda ijara asosida to‘p tepib, La Ligada 17 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Biroq sevilyaliklar bilan transfer amalga oshmadi.

Shuningdek, yarim himoyachi Fors ko‘rfazi mintaqasidagi klublardan tushgan moliyaviy jihatdan manfaatli takliflarni rad etib, faoliyatini Yevropada davom ettirishga qaror qilgan.

Amrabat uchun Erediviziya begona chempionat emas. U professional faoliyatining dastlabki yillarida Niderlandiyada «Utrext» va «Feyenoord» klublari safida to‘p tepgan.

Kiritildi: 08:44, 30.08.2026.
O'qildi: 755 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик