"Real" hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem o‘zi uchun sevimli bo‘lgan "o‘nlik" pozisiyasiga qaytgani haqida fikr bildirdi.
"Men yana maydonda erkin harakat qilishdan zavq olyapman. Menimcha, bu men uchun eng yaxshi pozisiya, chunki aynan shu rol menga o‘zimning eng kuchli jihatlarimni namoyish etish imkonini beradi. Murabbiyning menga shu vazifada ishonch bildirgani uchun juda minnatdorman", — deya Bellingemning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
23 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda Ispaniya La Ligasida 2 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
30 avgust kuni "Real" o‘z maydonida "Malaga"ni qabul qiladi. 3-tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.













