Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» yarim himoyachisi «Yuventus»ga o‘tishni xohlamoqda

«Tottenxem» yarim himoyachisi «Yuventus»ga o‘tishni xohlamoqda

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubida o‘ynayotgan senegallik yarim himoyachi Pap Matar Sarr yozgi transfer oynasida A Seriyaning top-klublaridan biri — Turinning «Yuventus» klubiga o‘tishni rejalashtirmoqda.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli senegallik futbolchi yaqin vaqt ichida jamoasini o‘zgartirib, «Yuventus» safiga qo‘shilishni istamoqda.

«Yuventus» «shporlar» bilan yarim himoyachini mavsum yakunida sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olish bo‘yicha kelishib olishga umid qilmoqda.

Mutaxassislar afrikalik futbolchining transfer qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.

Sarr «Tottenxem»da 2022 yildan beri to‘p tepmoqda. O‘tgan mavsumda u Angliya chempionatida «Tottenxem» tarkibida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:00, 30.08.2026.
O'qildi: 1029 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик