"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem La Liganing 3-turidan o‘rin olgan "Malaga"ga qarshi uchrashuvda hisobni ochdi.
Angliyalik futbolchi bahsning 19-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu uning joriy chempionatdagi ikkinchi goli bo‘ldi. Bellingem shuningdek, La Ligada 2 ta golli uzatma ham amalga oshirgan.
Jud so‘nggi 16 ta klub va Angliya terma jamoasi o‘yinida 11 ta gol urib, yana 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













