Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Mourinyo futbolchilar o‘rtasidagi ichki muhitni ham yaxshilamoqda

Mourinyo futbolchilar o‘rtasidagi ichki muhitni ham yaxshilamoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning yulduz futbolchilari Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Jud Bellingemning taktik jihatdan bir-biriga mosligi borasida fikr bildirdi.

«Men har doim eng yuqori darajadagi futbolchilar birga o‘ynashdan mamnun bo‘lishini aytganman. Ular doimo bir-biriga moslasha oladi. Ko‘pincha: “Mou uchalasini bir tarkibda joylashtirish imkonsiz, deb hisoblaydi”, degan gaplarni eshitaman.

Ammo men doimo jamoamda eng yaxshi futbolchilarni ko‘rishni xohlashimni ta’kidlab kelganman. Mbappe, Vinisius va Bellingem o‘rtasida ajoyib o‘zaro tushunish shakllangan. Men hech qanday salbiy holatni payqamadim», — deya Mourinyoning so‘zlarini Madrid Zone keltirmoqda.

Kiritildi: 09:58, 31.08.2026.
O'qildi: 1121 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик