Kirish Ro'yxatdan o'tish

US Open: O‘zbekistonlik tennischi dunyoning 29-raketkasini musobaqadan chiqarib yubordi

US Open: O‘zbekistonlik tennischi dunyoning 29-raketkasini musobaqadan chiqarib yubordi

Baho:
+ | -

Nyu-Yorkda tennis bo‘yicha yilning so‘nggi «Katta dubulg‘a» turniri — US Open start oldi.

Musobaqaning asosiy davrasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Kamilla Rahimova, jahon reytingida 92-pog‘onada borayotgan holda, birinchi bosqichda dunyoning 29-raketkasi — chexiyalik Barbora Kreychikovani sensasion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi.

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi setda Rahimova tay-breykda ustun kelib, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi setda esa hamyurtimiz tashabbusni to‘liq o‘z qo‘liga oldi va 6:2 hisobida zafar quchib, uchrashuvni ikki setda o‘z foydasiga hal qildi.

Shu tariqa, Kamilla Rahimova US Open musobaqasining keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Shuningdek, bugungi kechki dasturda yana bir tennischimiz Mariya Timofeeva ham kortga chiqadi. Jahon reytingida 86-o‘rinni egallab turgan Timofeevaga 149-pog‘onadagi sloveniyalik Tamara Zidanshek raqiblik qiladi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 12:56, 31.08.2026.
O'qildi: 2312 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик