Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman: Daniel Munyos «Nottingem Forest» futbolchisiga aylandi

Rasman: Daniel Munyos «Nottingem Forest» futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» «Kristal Pelas» himoyachisi Daniel Munyos transferini rasman e’lon qildi. Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi transfer oynasi yopilishi arafasida yangi klubiga qo‘shildi.

Xabarlarga ko‘ra, bitim qiymati bonuslarni hisobga olganda 22 million funt sterlinggacha yetishi mumkin.

30 yoshli Munyos «Nottingem Forest» bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Shuningdek, klubda kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqi mavjud.

Yangi jamoasida Munyos Oliver Glasner bilan yana birga ishlaydi. Mutaxassis avvalroq «Kristal Pelas»da kolumbiyalik futbolchiga murabbiylik qilgan.

Munyos «Kristal Pelas» safida jami 109 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, u London klubi bilan Angliya kubogi va UYEFA Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 17:33, 31.08.2026.
O'qildi: 1133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик