Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi boshqa jamoaga o‘tadi

«Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi boshqa jamoaga o‘tadi

Baho:
+ | -

«Sheffild Uensdey» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Jeyden Xeskini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Football League World nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «boyqushlar» 20 yoshli futbolchi transferi ustida ishlamoqda. Xeski o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini «Sheffild Uensdey»da ijara asosida o‘tkazgan edi.

U Chempionshipda 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi va shularning 19 tasini asosiy tarkibda boshladi. Biroq jamoa mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazib, yakunda quyi divizionga tushib ketdi.

Xeski hozir ham «Manchester Siti» bilan shartnoma asosida bog‘langan. U klub akademiyasiga 9 yoshlilar jamoasidan qo‘shilgan va barcha yosh toifalarini bosib o‘tgan.

U 2025 yil sentyabrda Angliya Liga kubogi doirasida «Xaddersfild Taun»ga qarshi g‘alabali uchrashuvda «Manchester Siti» asosiy jamoasi safida debyut qilgan.

Endi «Sheffild Uensdey» Liga 1 mavsumiga tayyorgarlik ko‘rar ekan, Xeskini yana jamoaga qaytarish niyatida.

Kiritildi: 18:21, 31.08.2026.
O'qildi: 850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик