«Barselona» vingeri Lamin Yamal La Liganing 3-turida «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi. Kataloniyaliklar ushbu bahsda 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu gollar ispaniyalik futbolchi uchun «Barselona» asosiy jamoasi safidagi 154-uchrashuvida urilgan 50 va 51-gollar bo‘ldi.
Yamal 19 yoshu 49 kunligida Yevropaning top-5 ligalari tarixida 50 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha Erling Xoland va Kilian Mbappeni ortda qoldirdi.
Shuningdek, Lamin «Barselona» tarixida 50 gollik marraga yetgan eng yosh futbolchi bo‘ldi.
U bu borada Jozep Eskola va Lionel Messining natijalarini yangiladi. Eskola 50-golini 20 yoshu 356 kunligida urgan bo‘lsa, Messi mazkur ko‘rsatkichga 21 yoshu 120 kunligida erishgan edi.













