Markaziy himoyachi Teylor Xarvud-Bellis «Aston Villa» bilan shartnoma imzoladi. Futbolchining «Sautgempton»dan Birmingem klubiga transfer qilingani haqida «villanlar» matbuot xizmati rasmiy sayt orqali xabar berdi.
«Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi «Aston Villa» bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi. Mish-mishlarga ko‘ra, «Sautgempton» himoyachi transferi uchun 35 million yevro olgan.
24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Chempionshipda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq «Aston Villa» Fransiyaning «PSJ» klubidan 18 yoshli vinger Ibraim Mbayeni ham o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qilgan edi.













