Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Superligada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar e’lon qilindi

Superligada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar e’lon qilindi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasida avgust oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Oyning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lish uchun 5 nafar futbolchi da’vogarlik qilmoqda.

"Navbahor" hujumchisi Husayn Norchayev avgust oyida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.

"So‘g‘diyona" futbolchisi Lyupcho Doriyev ham sermahsul o‘yin namoyish etdi. U 5 ta bahsda 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirdi.

"Lokomotiv" vakili Suhrob Nurulloyev 5 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.

"Buxoro" futbolchisi Vladimir Rodich esa 5 ta o‘yinda 3 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.

Nomzodlar ro‘yxatidan "Neftchi" futbolchisi Vladimir Yovovich ham joy olgan. U avgust oyida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:43, 01.09.2026.
O'qildi: 900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик