Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

"Brayton" "Shtutgart" yarim himoyachisini 23 million yevroga sotib oladi

"Brayton" "Shtutgart" yarim himoyachisini 23 million yevroga sotib oladi

Baho:
+ | -

"Shtutgart" tayanch yarim himoyachisi Andres Chema "Brayton"ga o‘tishga yaqin turibdi. Sky Sport ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya klubi va "chag‘alaylar" transfer bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.

21 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi Angliya klubiga 23 million yevro evaziga o‘tadi. Shuningdek, kelishuvda futbolchining keyingi transferidan "Shtutgart"ga yuqori foiz to‘lanishi ham ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, bugun muzokaralar ancha ilgarilagan. Madridning "Real" klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Chema allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘l olgan.

Futbolchi "Shtutgart" safida jami 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, u 6 marta sariq kartochka olgan.

Kiritildi: 22:42, 01.09.2026.
O'qildi: 328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик