Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Balogunning «Everton»ga transferi so‘nggi bosqichda xavf ostida qoldi

Balogunning «Everton»ga transferi so‘nggi bosqichda xavf ostida qoldi

Baho:
+ | -

«Monako» hujumchisi Folarin Balogunning «Everton»ga transferi bitimning so‘nggi bosqichida amalga oshmay qolish xavfi ostida qoldi.

RMC Sport jurnalisti Fabris Xokins ma’lumotiga ko‘ra, AQSH terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi Angliya klubida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan. Tekshiruv natijalari sabab transfer endi amalga oshmasligi mumkin.

Avvalroq «Everton» va «Monako» Balogunning transferi bo‘yicha barcha shartlarni to‘liq kelishib olgan edi. Angliya klubi futbolchi uchun 45 million yevro to‘lashi, yana 5 million yevro esa bonuslar ko‘rinishida berilishi rejalashtirilgandi.

Balogun 2023 yil yozidan buyon «Monako» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 07:59, 02.09.2026.
O'qildi: 734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик