Kirish Ro'yxatdan o'tish

Di Marsio: Fofananing «Sanderlend»ga transferi yakuniy bosqichda

Di Marsio: Fofananing «Sanderlend»ga transferi yakuniy bosqichda

Baho:
+ | -

Fransiyaning «Lion» klubi yarim himoyachi Malik Fofanani Angliyaning «Sanderlend» klubiga sotishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio sayti xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ingliz klubi bilan muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan. Transfer qiymati taxminan 40 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.

Futbolchi allaqachon Lion shahrida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.

Fofananing sotilishi «Lion»ning moliyaviy ahvolini sezilarli darajada yaxshilashi va Fransiya futboli moliyaviy nazorat organi — DNCG tomonidan klubga qo‘yilgan cheklovlar ta’sirini yumshatishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda Fofana 16 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda esa u 6 ta uchrashuvda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 08:04, 02.09.2026.
O'qildi: 612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик