«Milan» yarim himoyachisi Yussuf Fofana faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradi. Fransiyalik futbolchi «Sevilya» safiga qo‘shildi. Bu haqda Andalusiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar joriy mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan ijara shartnomasini imzoladi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Fofananing faoliyatini «Lion»da davom ettirishi kutilgan edi, biroq ushbu transfer amalga oshmadi.
O‘tgan mavsumda yarim himoyachi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
La Liganing dastlabki uch turidan keyin «Sevilya» 6 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.













