Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga bo‘yicha taklif oldi. Bu haqda FotoMaç xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Turkiyaning «Galatasaroy» klubi «qaymoqranglilar»ga 35 million yevro miqdorida taklif yuborgan. Biroq Ispaniya grandi bu summani jiddiy taklif sifatida baholamagan. Kamavinganing «Real»da qolishi kutilmoqda.
23 yoshli fransuz yangi mavsumda Ispaniya chempionatining uchta uchrashuvida ham maydonga tushdi, ammo natijaviy harakatlari bilan ajralib turmadi.
Kamavinganing «Real» bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.













