«Milan» yarim himoyachisi Luka Modrich sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 1000 ta gollik marraga yetishiga ishonch bildirdi. Hozirda «An-Nasr» safida to‘p surayotgan 41 yoshli portugaliyalik futbolchi hisobida 978 ta gol bor.
«Krishtianu Ronaldu va 1000 ta gol? Krishtianu — aql bovar qilmas futbolchi. U fenomen, haqiqiy maxluq. U bu marraga yetishiga hech qanday shubham yo‘q.
U qilgan ishlari, hozir ham qilayotganlari va har bir o‘yinda yuz foiz kuchini berib raqobatlashayotgani tahsinga sazovor. «Real»da birgalikda qilgan va qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarimiz tufayli unga nisbatan alohida mehrim bor. Shuning uchun u bu marraga imkon qadar tezroq yetishini istayman.
Oldinda uning kamida yana bir yili bor va avval aytganimdek, u bu natijaga erishishiga ishonaman. Bu aql bovar qilmas holat. U yana qancha o‘ynashni xohlashini bilmayman, ammo hatto 50 yoshigacha maydonda qolsa ham, gol urishda davom etadi.
Uning gol urish qobiliyati beqiyos. Eng muhimi esa — uning xarakteri, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va o‘z kuchiga ishonishi. Bu haqiqatan ham hayratlanarli», — deya Modrichning so‘zlarini keltiradi AS nashri.













