Kirish Ro'yxatdan o'tish

Modrich: «2019 yildan beri meni qaridi deyishadi»

Modrich: «2019 yildan beri meni qaridi deyishadi»

Baho:
+ | -

«Milan» yarim himoyachisi Luka Modrich uning yoshi haqidagi gap-so‘zlar bezovta qilmasligini aytdi. Xorvatiyalik futbolchi 9 sentyabr kuni 41 yoshni qarshilaydi.

«Mening yoshim haqida 2019 yildan beri gapirishadi. O‘shanda 33-34 yoshda ekanimni, endi yuqori darajada o‘ynay olmasligimni aytishgandi. Vaholanki, aynan o‘sha paytlarda faoliyatimdagi eng yaxshi futbolimni namoyish etayotgandim.

Shundan keyin yana ikki marta Chempionlar ligasini yutdim, 2022 yilgi jahon chempionatida Xorvatiya terma jamoasi bilan uchinchi o‘rinni egalladim, Millatlar ligasi finaligacha yetib bordim va yana boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritdim.

Muhimi — maydonda nima qilayotganingiz. 18, 30, 40 yoki 50 yoshda bo‘lishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Yosh — shunchaki raqam, ammo odamlar uni go‘yo qandaydir vasvasaga aylantirib yuborishadi», — deya Modrichning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Kiritildi: 07:16, 03.09.2026.
O'qildi: 909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик