Kirish Ro'yxatdan o'tish

US Open-2026. Kamilla Rahimova dunyoning birinchi raqamli raketkasiga qarshi kortga chiqadi

US Open-2026. Kamilla Rahimova dunyoning birinchi raqamli raketkasiga qarshi kortga chiqadi

Baho:
+ | -

Nyu-York shahrida mukofot jamg‘armasi 108 million dollarni tashkil etuvchi “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi US Open-2026 turniri qizg‘in davom etmoqda. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova musobaqadagi muvaffaqiyatli yurishini davom ettiryapti.

Dastlab 1/64 finalda turnirning 27-raqamli raketkasi, chexiyalik Barbora Kreychikovani (7:6, 6:2) mag‘lub etgan Rahimova 1/32 finalda ham ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. U atigi 65 daqiqa davom etgan bahsda o‘zining WTA reytingidagi eng yaqin ta’qibchi bo‘lib turgan ispaniyalik Oksana Selehmetevani (93-o‘rin) hech qanday qiyinchiliksiz 6:3, 6:0 hisobida taslim etdi.

Uchrashuv davomida Kamilla (WTA reytingida 92-o‘rin) bitta eys zarbasini amalga oshirdi va umuman qo‘shxatoga yo‘l qo‘ymadi. E’tiborlisi, bu tennischilarning o‘zaro oltinchi to‘qnashuvi bo‘lib, Rahimova ushbu g‘alabadan so‘ng o‘zaro o‘yinlardagi muvozanatni tikladi — 3:3.

Endi o‘zbekistonlik tennischi 1/16 finalda jahonning birinchi raqamli tennischisi — belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqadi. Sobolenko ikkinchi davrada rossiyalik Polina Yatchenkoni 6:1, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Kamilla Rahimova va Arina Sobolenko o‘rtasidagi uchrashuv 4 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. Bunga qadar ushbu tennischilar o‘zaro uch marta to‘qnash kelgan va ularning barchasida belaruslik sportchining qo‘li baland kelgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:53, 03.09.2026.
O'qildi: 1823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик