Rasmus Xyoylund o‘tgan yozda «Milan»ga o‘tishga yaqin bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Daniyalik hujumchi «Milan» rahbariyati bilan gaplashganini va yangi jamoa izlaganini tan oldi. Biroq futbolchining aytishicha, u «Milan»ga o‘tishga jiddiy yaqinlashmagan.
«Milanga yaqin edimmi? Unchalik emas. Klub bilan gaplashdim va yangi imkoniyat izladim», — dedi Xyoylund Gazzetta dello Sport nashriga.
U «Milan»ning boy tarixini yuqori baholashini, ammo «Napoli» unga qiziqish bildirib, bosh murabbiy Antonio Konte shaxsan qo‘ng‘iroq qilganidan so‘ng qaror qabul qilishda ikkilanmaganini ta’kidladi. Natijada Xyoylund «Milan» o‘rniga «Napoli»ga ijara asosida o‘tdi va bu yil uning transferi doimiy ravishda rasmiylashtirildi.













