Gabriel Martinelli "Arsenal"dan "Al-Hilol"ga o‘tdi.
Saudiya Arabistoni klubi 25 yoshli vingerning transferini e’lon qildi. Tomonlar to‘rt yillik shartnoma imzoladilar.
Avvalroq, kelishuv 70 million yevroga baholanishi va bu "kanonirlar" tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.
O‘tgan mavsumda Martinelli Premyer-ligada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘rtacha 35 daqiqa maydonda harakat qildi, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.













